Yordam sahifasiga qaytish

KUCHGA KIRISH SANASI: 29-AVGUST, 2026

Maxfiylik siyosati

Ushbu siyosat MENTO EDTECH, MCHJ (“biz”) tomonidan taqdim etiladigan Ruscha mobil ilovasiga (“Ilova”) tegishli.

Qisqacha

Ruscha foydalanuvchi hisobini talab qilmaydi, reklama yoki kuzatuv SDKlaridan foydalanmaydi va shaxsiy ma’lumotlarni bizning serverlarimizga yig‘maydi.

Qurilmada saqlanadigan ma’lumotlar

O‘quv maqsadi, kunlik reja, tanlangan yozuv turi, ilova sozlamalari, dars natijalari, sevimlilar va takrorlash jadvali kabi ma’lumotlar faqat qurilmangizda saqlanadi. Ular akkauntga bog‘lanmaydi va bizga yuborilmaydi. Ilovani o‘chirish ushbu lokal ma’lumotlarni ham o‘chiradi.

Mikrofon va talaffuz yozuvlari

Talaffuz mashqini tanlasangiz, Ilova mikrofon ruxsatini so‘raydi. Ovoz yozuvi faqat qurilmada yaratilib, sizga qayta eshittirish uchun vaqtincha saqlanadi. Yozuvlar bizga yoki boshqa serverga yuklanmaydi. Mikrofon ruxsatini iOS sozlamalarida istalgan vaqtda bekor qilishingiz mumkin.

Internetdan foydalanish

Ilovaning asosiy darslari internetsiz ishlaydi. Siz Prep havolasini ochsangiz, tashqi veb-sayt brauzerda ochiladi va o‘sha saytning maxfiylik qoidalari amal qiladi. Kelajakda kontent yangilanishi yoqilsa, Ilova faqat HTTPS orqali dars to‘plamini tekshirishi va yuklab olishi mumkin; bu jarayon uchun hisob yoki reklama identifikatori ishlatilmaydi.

Uchinchi tomonlar, reklama va tahlil

Ilovada reklama, foydalanuvchini kuzatish, marketing profili tuzish, analitika, crash-reporting, to‘lov yoki ijtimoiy kirish xizmatlari mavjud emas. Biz Ilova orqali shaxsiy ma’lumotlarni sotmaymiz va uchinchi tomonlarga bermaymiz.

Bolalar maxfiyligi

Ilova foydalanuvchi hisobini ochmaydi va ataylab bolalardan shaxsiy ma’lumot yig‘maydi. Ota-ona yoki vasiyda savol bo‘lsa, quyidagi manzil orqali bog‘lanishi mumkin.

Siyosatdagi o‘zgarishlar

Ilova funksiyalari yoki qonuniy talablar o‘zgarsa, ushbu sahifani yangilaymiz va yuqoridagi kuchga kirish sanasini almashtiramiz.

Bog‘lanish

Maxfiylik bo‘yicha savollar uchun prepuzprepuz@gmail.com manziliga yozing.

MENTO EDTECH, MCHJ, O‘zbekiston.


EFFECTIVE: AUGUST 29, 2026

Privacy Policy — English Summary

Ruscha does not require an account, contains no ads or tracking SDKs, and does not collect personal data on our servers. Learning progress and preferences are stored only on the user’s device. If the user chooses a pronunciation exercise, microphone audio is recorded temporarily on-device for playback and is never uploaded. Core lessons work offline. Opening the Prep link leaves the app and is governed by the destination website’s policy. Optional future content updates may download lesson packages over HTTPS without using an account or advertising ID. Contact prepuzprepuz@gmail.com with privacy questions.

Maxfiylik bo‘yicha bog‘lanish